Turkiyaning Suriyadagi janglarga aloqasi yo‘q – Xoqon Fidan

Olam

image

Turkiya hukumatining Suriya armiyasi va Suriyaning Idlib va Halab viloyatlaridagi hukumatga qarshi tuzilmalar o‘rtasidagi janglarga aloqasi yo‘q. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan ma’lum qildi.

“Biz terrorchilarning Suriya hududida o‘z davlatlarini tuzishiga yo‘l qo‘ymaymiz”, degan Fidan.

Shuningdek, u Turkiya mojaroda ishtirok etmasligiga va Suriyadan kelgan qochqinlarning yangi to‘lqini uchun choralar ko‘rishiga va’da bergan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqadagi terroristik guruhlarni ta’minlashning muhim arteriyalari Vashington nazorati ostida bo‘lganligi sababli mintaqadagi jinoyatlar uchun javobgarlik AQSHda.

“Agar AQSH kislorodni to‘sib qo‘ysa, ular uch kun ham omon qolmaydi”, degan Fidan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Suriyaning “Hayat Tahrir ash-Shom” (HTSH) radikal guruhi jangarilari va ularning ittifoqchilari Suriya armiyasi bilan olib borilgan shiddatli janglarda mamlakat shimoli-g‘arbidagi o‘nlab shahar va qishloqlarni egallab, Halab shahriga yaqinlashgani xabar qilingandi.

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Suriya Turkiya Hoqon Fidan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing