Turkiya Suriyadagi operatsiyasini qachon boshlashi mumkinligi aytildi

Olam

image

Turkiyaning Suriyadagi yangi harbiy operatsiyasi musulmonlarning 9-12 iyul kunlariga to‘g‘ri keladigan Qurbon hayitidan so‘ng darhol boshlanishi mumkin. Bu haqda “Hürriyet” gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, yangi harbiy harakatlar Turkiya armiyasining Iroq shimolidagi joriy transchegaraviy operatsiyasi yakunlanganidan keyin boshlanishi ehtimoli bor.

18 apreldan buyon Turkiya armiyasi Iroq shimolida “Panja – Qal’a” operatsiyasini o‘tkazmoqda. Mamlakat Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasining (PKK) 220 dan ortiq jangarisi hamda ularning asosiy bazalari, qurol-yarog‘ va oziq-ovqat omborlari yo‘q qilingan.

“Hürriyet” nashrining yozishicha, Turkiya Qurolli Kuchlari Iroq shimolidagi operatsiyani muvaffaqiyatli yakunlamoqchi, shu sababli Suriya shimolida o‘tkaziladigan yangi operatsiyasini Iroqdagi jangovar harakatlar to‘xtatilgan paytdan boshlashi kerak.

Nashrga ko‘ra, boshqa tomondan Turkiya armiyasining Suriya shimolidagi  Tell-Rifat va Manbijdagi operatsiya uchun armiya guruhini shakllantirish hali to‘liq yakuniga yetmagan.

Avvalroq, Turkiya Suriya shimolida o‘tkazishni rejalashtirayotgan transchegaraviy operatsiyaning dastlabki bosqichida qariyb 25 ming nafar turk askari ishtirok etishi mumkinligi aytilgan edi.

Operatsiya uchun buyruq hali olinmagan, ammo uni Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an istalgan vaqtda berishi mumkin.

Turkiya Mudofaa vaziri Hulusi Akarning ishontirishicha, operatsiya faqat terrorchilarga qarshi qaratilgan bo‘lib, Turkiya boshqa maqsadlarni ko‘zlamaydi. 

“Terroristlardan boshqa muammomiz yo‘q”, degan u.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya harbiy operatsiya

Baholaganlar

142

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing