Turkiyaning Shvetsiya va Finlyandiya bilan muammosini hal qilish mumkin – Oq uy

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a’zoligi borasida bildirgan xavotirlarini hal etish mumkin. Bu haqda AQSH Prezidentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Anadolu” agentligi.
 
Sallivan Baydenning Janubiy Koreya va Yaponiyaga tashrifi chog‘ida Prezident samolyotida jurnalistlarning savollariga javob berdi. U Prezident Jo Bayden Shvetsiya va Finlyandiya rahbarlari bilan uchrashganini ta’kidlab, AQSH ushbu ikki mamlakatning NATOga a’zo bo‘lish jarayonini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

“Biz Turkiyaning Finlyandiya va Shvetsiya NATOga a’zo bo‘lishi borasidagi xavotirlari Prezident Erdo‘g‘an va boshqa rasmiylar tomonidan muhokama qilinishi hamda hal etilishi mumkinligiga ishonamiz”, deydi Sallivan ikki mamlakatning alyansga qo‘shilishi jarayonida Turkiyaning pozitsiyasi haqida.

Shu bilan birga, u hamkasbi Ibrohim Kalin bilan uchrashgani va AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken esa Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho‘g‘li bilan uchrashganini eslab, bugun Finlyandiya Prezidenti va Shvetsiya Bosh vaziri bu muammoni Prezident Erdo‘g‘an bilan bevosita uchrashishib muhokama qilishga tayyor ekanini aytgan.

Shuningdek, Sallivan, bu masalani Turkiya, Finlyandiya va Shvetsiya o‘rtasida hal qilish kerak ekanligiga ham urg‘u bergan.

Kamronbey Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

92

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing