Turkiyaning sabr kosasi to‘ldi – Erdo‘g‘an

Olam

image

Suriyadagi oxirgi terroristik hujumlar sabab Turkiyaning sabr kosasi to‘ldi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi.

“Yaqin kelajakda Suriyadan chiqayotgan tahdidlarni o‘z kuchimiz bilan yo‘q qilish uchun kerakli choralarni ko‘ramiz”, degan Erdo‘g‘an xalqiga yo‘llagan murojaatida.

Mudofaa vaziri Xulusi Akar joriy yilning 7 oktyabr kuni raketa hujumi oqibatida bir turk askari halok bo‘lganiga javoban mamlakat qurolli kuchlari Suriya shimolida besh terrorchini yo‘q qilganini bildirdi. 10 oktyabrda Ichki ishlar vazirligi maxsus bo‘linmaning yana bir jangchisi halok bo‘lgani, uch nafari jarohatlanganini ma’lum qilgan.

Kecha, 11 oktyabr kuni Gaziantep viloyati ma’muriyati Karkamish shahri hujumga uchraganini e’lon qildi. Xabarga ko‘ra, hujum uchun PYD (Suriya kurdlar partiyasi) javobgar.

Ma’lumot uchun, Turkiya armiyasi 2016-2019 yillarda Suriya shimolida uchta operatsiya o‘tkazdi: “Frot qalqoni” ISHID terrorchi guruhiga qarshi, “Zaytun novdasi” va “Tinchlik bulog‘i” kurd terrorchilariga qarshi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

1405

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made