Turkiyaning ikkita yirik banki Rossiyaning “Mir” kartalarini qabul qilishni to‘xtatdi

Olam

image

Turkiyadagi ikki yirik xususiy banklari – “Isbank” va “Denizbank” Rossiyaning “Mir” to‘lov tizimidan foydalanishni to‘xtatganini ma’lum qildi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.

“Isbank” endi “Mir” kartalarini bankomatlarida qabul qilmaydi, shuningdek, ekvayer sifatida faoliyat yuritayotgan chakana savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarida ularga xizmat ko‘rsatmaydi.

Qayd etilishicha, bank rahbariyati AQSH rasmiylarining “Mir” kartalari bilan ishlovchi xorijiy kredit tashkilotlari va ularning operatori — Milliy to‘lov kartalari tizimi (MTKT)ga nisbatan sanksiyalar qo‘llash niyati haqidagi bayonotlari fonida shunday qarorga kelgan.

Shuningdek, "Denizbank"da ham “Mir” kartalariga xizmat ko‘rsatish to‘xtatildi.

"Mir kartasi va Rossiya valyutasi bilan bog‘liq operatsiyalar bizning bankimizda amalga oshirilmaydi, kartalar bankomatlar tomonidan qabul qilinmaydi", deydi bank xodimi.

Bunga javoban, “Mir” to‘lov tizimining matbuot xizmati tushuntirish berib, bu moliya tashkilotlarining o‘ziga bog‘liqligini urg‘uladi.

"Xorijiy hamkorlarning o‘zlari “Mir” kartalarini qabul qilish infratuzilmasini ochishga qaror qilishadi, ularni qabul qilish va ma’lum bir mamlakatda xizmat ko‘rsatish kredit tashkilotlarining o‘z pozitsiyasiga bog‘liq", deyiladi xabarda.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

66

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing