Turkiyaning hukmron partiyasi yangi Konstitutsiya loyihasini tayyorladi – Erdo‘g‘an

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkiyaning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi mamlakatning yangi Konstitutsiyasi loyihasi ustida ishlarni yakunladi va uni boshqa siyosiy partiyalarga muhokama uchun berdi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Anqaradagi chiqishi vaqtida aytib o‘tdi.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, nafaqat isyonchilar, balki ularni shunga targ‘ib qilayotgan va qo‘llab-quvvatlayotgan siyosatchilar ham Turkiya uchun xavf bo‘lib qoladi. Shuning uchun mamlakatga fuqarolik Konstitutsiyasi kerak.

“Bizning mamlakat fuqarolik Konstitutsiyasiga muhtoj. Qator muxolif partiyalar bosh qonun bo‘yicha o‘z takliflarini tayyorladi. Hukmron partiya taklifi ham tayyor”, degan Erdo‘g‘an.

Turkiya rahbari mamlakatning amaldagi bosh qonuni 1982 yilda harbiy to‘ntarishdan keyin qabul qilinganini ta’kidlab o‘tgan. U shuningdek yangi Konstitutsiyaning umumlashtirilgan loyihasi yil oxirigacha tayyor bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.

“Yangi fuqarolik Konstitutsiyasi bilan biz mamlakatni oliy ligaga olib chiqamiz. Bizning va boshqa partiyalar buning ustida sinchkovlik bilan ishlayapti. Yil oxirigacha baholash o‘tkaziladi va biz umumiy hujjatni taqdim etish yo‘lini o‘ylab ko‘ramiz”, degan u.

Erdo‘g‘an barcha partiyalar yangi Konstitutsiya tayyorlanishida o‘z hissasini qo‘shishi kerakligini ta’kidladi.

“Agar konsensusga erisha olmasak, unda biz mehnatimiz natijasini xalqqa taqdim etishga (referendum) tayyormiz”, degan Prezident. 

Erdo‘g‘an joriy yil mart oyida Konstitutsiya haqida gapirib, yangi bosh qonun barcha ichki va tashqi hodisalarni o‘zi ichiga olishini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

54

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing