“Turkiyalik Messi” “Real”da debyut qilish arafasida turibdi
Sport
−
07 dekabr 2023 10409 1 daqiqa
“Real Madrid”ning turkiyalik futbolchisi Arda Guler “qaymoqranglilar” safida debyut o‘yinini o‘tkazishi mumkin. Bu haqda As xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “qirollik klubi” murabbiylar shtabi 18 yoshli futbolchini Ispaniya chempionatining navbatdagi turi doirasida “Vilyarreal” bilan o‘yinda maydonga tusha olishiga umid qilmoqda.
“Real”ga qo‘shiliboq jarohat olgan Guler noyabr oyi boshida tuzalgandi, biroq oradan biroz vaqt o‘tib, futbolchi yana safdan chiqdi. Shu tufayli, uning Madrid klubidagi debyuti kechikib bormoqda.
Ispaniya klubi mavsum avvalida Gulerni Istanbulning “Fenerbaxche” jamoasidan 20 million yevro evaziga sotib olgan.
Ma’lumot uchun, “Real”-“Vilyarreal” bahsi 18 dekabrga o‘tar kechasi tungi soat 1:00 da start oladi. Bahs La Liganing 16-turi doirasida o‘tkaziladi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr