Turkiyalik xaker Trampning veb-saytini buzdi 

Olam

image

Turkiyalik deb taxmin qilingan xaker AQSHning sobiq Prezidenti Donald Trampning saytini buzdi va u yerda Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan videolavhani e’lon qildi. Bu haqda VICE nashri xabar bergan. 

Ta’kidlanishicha, xakerlik hujumi kompaniya xodimlari tomonidan Trampni harakatga chaqiruvlar — petitsiyalarni imzolash yoki savol-javoblar o‘tkazish uchun foydalaniladigan veb-sayt subdomeniga ta’sir ko‘rsatgan. 

Qayd etilishicha, xakerlik “RootAy yildiz” xakeri tomonidan sodir etilgan. U, shuningdek YouTube videoxostingidan Turkiya Prezidenti bilan millatchilik xarakteridagi videoni joylashtirgan. 

Ta’kidlanishicha, xaker saytga SSTI usuli yordamida buzib kirgan. “RootAy yildiz”ga ko‘ra, veb-sahifaning bu qismi uch oydan buyon uning nazorati ostida bo‘lgan. 

“Ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarni yoki veb-saytlarni buzish kabi xakerlik hujumlari amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ko‘plab joylar bor. Men faol xakerman”, degan xakerning o‘zi. 

Nashrga ko‘ra, bunday aralashuvlar ko‘pincha tajribasiz, lekin saytdagi tarkibni o‘zgartirishga qodir bo‘lgan xakerlar tomonidan amalga oshiriladi. Taxminlarga ko‘ra, “RootAy yildiz” ilgari ham shunga o‘xshash xakerlik qilgan. 

Trampning vakillari nashrning axborotga izoh berish so‘roviga javob bermagan.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp xaker

Baholaganlar

159

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing