Turkiyalik afsonaviy darvozabon Rushtu Rechber koronavirusga chalindi
Sport
−
29 mart 2020
3825Turkiya milliy terma jamoasi va Kataloniyaning "Barselona" klubi sobiq darvozaoni Rushtu Rechber koronavirusga chalindi. Bu haqda uning rafiqasi Isil Instagram'dagi sahifasida ma’lum qildi.
"Sizlarga yaxshi xabar aytmoqchi edim, ammo afsuski, turmush o‘rtog‘im koronavirusga chalindi va shifoxonaga yotqizildi. Barchasi yaxshi edi, lekin to‘satdan ushbu infeksiya alomatlari unda paydo bo‘ldi. Ayni damda biz shok holatidamiz. Oilamiz uchun bu og‘ir vaziyat. O‘g‘lim va qizim bilan birga koronavirusni aniqlovchi test topshirdik. Bizda COVID-19 infeksiyasi aniqlanmadi. Rushtu shifoxonada, bizga uning oldiga borish mumkin emas. Bu juda ham qiyin holat. Barchamiz shifokorlarga ishonamiz. Sizlardan iltimos, turmush o‘rtog‘im uchun duo qiling", deb yozdi Isil Instagram'dagi sahifasida.
Ma’lumot o‘rnida, Rushtu Rechber Turkiya milliy terma jamoasi libosida 120 uchrashuvda maydonga tushgan. Rushtu professional faoliyati davomida "Antalyaspor", "Fenerbaxche", "Barselona" va "Beshiktosh" jamoalarida faoliyat olib borgan. Rushtu Rechber 2002 yili Janubiy Koreya va Yaponiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida, 2003 yili Fransiya mezbonlik qilgan Konfederatsiyalar kubogida va 2008 yili Avstriya/Shvetsariyada bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatida bronza medali sovrindori bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, dunyo miqyosida koronavirusga chalinganlar 664 192 kishini tashkil etmoqda. Ushbu kasallikdan bugungacha 30 888 kishi vafot etdi. Kasallanganlarning 142 364 nafari virusdan butkul forig‘ bo‘lgan.
LiveBarchasi