Turkiyalik 13 yoshli bolakay 42 soniyada Karlsenni mag‘lub etdi

Sport

image

12 yoshida grossmeyster unvonini qo‘lga kiritgan turkiyalik shaxmatchi Yagiz Kaan Erdogmush barcha davrlarning eng yaxshi shaxmatchisi deb e’tirof etilgan 33 yoshli norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsenga qarshi dona surib, raqibini mag‘lubiyatga uchratdi. Bu haqda “Tinsider” xabar berdi.

13 yoshli shaxmatchi Yagiz Kaan Erdogmush jahon klassik shaxmat chempionati, jahon tezkor shaxmat chempionati va jahon blits shaxmat chempionati sovrindori, 33 yoshli norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen bilan to‘qnashib, raqibini 41,2 soniyada motga uchratdi. 

Yagiz Kaan Erdogmush Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) ma’lumotlariga ko‘ra, tarixdagi eng yosh grossmeyster hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Magnus Karlsen Yagiz Kaan Erdogmush

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing