Turkiyaga Suriyadan hujum qilindi. Qurbonlar bor

Olam

image

Bugun, 21 noyabr kuni Turkiyaning Karqamish shahriga Suriyadan uyushtirilgan raketa hujumida kamida uch kishi, jumladan bir bola qurbon bo‘ldi. 

“Gaziantep viloyatidagi Karkamish shahrining o‘qqa tutilishi oqibatida uch kishi, jumladan, bir bola va bir o‘qituvchi halok bo‘ldi”, deydi Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu jurnalistlarga. 

Turkiya ommaviy axborot vositalari Turkiya shahrining o‘qqa tutilishida taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi (KIP) va Xalq o‘zini-o‘zi mudofaa kuchlari a’zolarini ayblamoqda. Bu ularning Turkiyaning Suriya va Iroqda kecha, 20 noyabr kuni o‘tkazgan yangi havo operatsiyasiga javobi bo‘lishi mumkin. 

Turkiya harbiy-havo kuchlarining “Tanjali qilich” operatsiyasi 50 dan ortiq samolyot va 20 ta dron ishtirokida amalga oshirildi. Yerdan havo yordami artilleriya tomonidan ta’minlandi. Zarbalar Turkiyada taqiqlangan KIP va uning Suriyadagi bo‘limi (“Xalq o‘zini-o‘zi mudofaa kuchlari”)ning bazalariga berilgan. Turkiya Mudofaa vazirligi Iroq shimolidagi Qandil, Asos, Xakurk hududlari bilan bir qatorda Suriya shimolidagi Arap-Pinari, Tell-Rifat, Jizre va Derik hududlarida operatsiya muvaffaqiyatli o‘tkazilganini ma’lum qildi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

567

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing