Turkiyaga kim prezident bo‘lishi saylovning ikkinchi turida aniqlanishi mumkin
Olam
−
15 may 2023
12039Turkiyada prezident saylovlarining birinchi turida mutlaq g‘olib aniqlanmasligi mumkin. Chunki muholifat partiyasi vakili Kamol Qilichdoro‘g‘lining ovozlari 45%ga yaqinlashmoqda.
Saylov byulletenlarining 92,7 foizi sanoqdan o‘tkazilganda Erdo‘g‘onni yoqlab berilgan ovozlar 49,94 foizgacha pastladi. Qilichdaro‘g‘li - 44,30%.
Shunday qilib, hammasi ikki haftadan keyin, 28 may kuni o‘tadigan ikkinchi turga qoldirilishi ehtimoli katta. Eng aniq va rasmiy ma’lumotlar tongda ochiqlanishi aytilmoqda.
Mazkur saylov natijasini butun dunyo qatori Oq uy ham kuzatib borayotganini ma’lum qildi.
“Turkiyadagi saylovlarni diqqat bilan kuzatib boryapmiz”, deyilgan AQSH xabarida.
LiveBarchasi