Turkiyaga ketayotganlar diqqatiga: shartli kirish bekor qilindi
Jamiyat
−
17 fevral 12072 2 daqiqa
Turkiya Respublikasi Migratsiya boshqarmasi tomonidan 2025 yil fevral oyidan boshlab mamlakatga shartli kirish (şartlı giriş) tartibi bekor qilindi. Bu haqda O‘zbekistonning istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil fevral oyining boshidan shu kunga qadar 150 dan ortiq xorijiy fuqarolar aeroportlarda ushbu yangi qoidalar haqida oldindan xabardor bo‘lmagani sababli muammolarga duch kelgan.
Bildirilishicha, oldin Turkiyada qonuniy qolish muddatini oshirgan yoki yashash guvohnomasi (ikamet izni) olish bo‘yicha rad javobi olgan xorijiy fuqarolar mamlakatga shartli kirish (şartlı giriş) orqali qaytib kelishlari va 10 kun ichida yangi ariza topshirishlari mumkin bo‘lgan. Endi bu imkoniyat to‘liq bekor qilingan.
Endilikda o‘z vaqtida chiqib ketmagan yoki yashash guvohnomasi (ikamet izni) olishda rad etilgan fuqarolar darhol Turkiyaga qaytolmaydi. Yangi qoidalarga muvofiq, fuqarolikka qarab, Turkiyaga kirish taqiqi 3 oydan 6 oygacha bo‘lishi mumkin.
Bosh kosulxona shu munosabat bilan Turkiyaga borish niyatida bo‘lgan o‘zbekistonliklarni ushbu kiritilgan o‘zgarishni inobatga olishga chaqirgan.
“Turkiyaga safar qilishdan oldin mazkur davlat migratsiya qoidalari bilan tanishing!
Hujjatlaringizda muammo yo‘qligiga ishonch hosil qiling!
Agar qonuniy qolish muddati tugagan bo‘lsa yoki yashash guvohnomasi (ikamet izni) olishda rad etilgan bo‘lsa ushbu mamlakatni qonuni hurmat qilgan holda tark eting, zero bu turdagi qoidabuzarliklar Turkiyaga qaytish imkoniyatiningizni cheklab qo‘yilishiga sabab bo‘lishi mumkin!” deyiladi xabarda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr