Turkiyaga qachondan boshlab tashrif buyurish mumkinligi aytildi

Olam

image

Turkiya iyun o‘rtalaridan boshlab chet ellik sayyohlarni qabul qilishni rejalashtirishmoqda. Bu haqda Respublika madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy ma’lum qildi

“Iyun oyining o‘rtalaridan boshlab ba’zi mamlakatlarda xalqaro turizm qayta tiklanadi deb o‘ylaymiz. Bular Xitoy, Janubiy Koreya va shu mintaqadagi boshqa mamlakatlar bo‘ladi. Shu bilan birga, ushbu vaqtda dunyoning ko‘p qismlariga muntazam xalqaro reyslar boshlanadi“, deydi Ersoy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi ichki turizm 28 may kuni, muborak Ramazon oyi oxirida qayta tiklanishi mumkin. Agar mamlakatda koronavirusning tarqalishi pasayishda davom etsagina shunday bo‘ladi.

“Biz mehmonxonalarni yopmadik, ularning o‘zlari aviatashuvchilar ishini to‘xtatgani va pandemiya bilan bog‘liq boshqa cheklovlar joriy etilgani sababli yopilishga majbur bo‘lishdi“, deya tushuntirdi vazirlik rahbari.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Turkiya hukumati sog‘liq va xavfsizlik nuqtai nazaridan mehmonxonalarni sertifikatlash bo‘yicha batafsil dasturni ishlab chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

535

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing