Turkiyadagi zilzilada vafot etganlar orasida o‘zbekistonliklar bormi? TIV rasmiy bayonot berdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi Turkiyanng yetti viloyatida sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari oila a’zolariga hamdardlik bildirdi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

“Turkiyaning bir qancha hududlarida ko‘plab qurbonlar va katta vayronagarchiliklarga sabab bo‘lgan kuchli zilzila haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik. Halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi 2023 yil 6 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:00 holatiga ko‘ra, mamlakatimizning Turkiyadagi diplomatik vakolatxonalariga zilzila oqibatida halok bo‘lgan va jarohatlangan O‘zbekiston fuqarolari bo‘yicha ma’lumot kelib tushmagani haqida ma’lum qildi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi ham talafot ko‘rganlarga hamdardlik bildirib, sodir bo‘lgan zilziladan chuqur qayg‘uda ekani, barcha imkoniyatlar bilan qardosh va do‘st Turkiyaning yonida ekanini aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, zilzila oqibatida 7 viloyatda 76 kishi hayotdan ko‘z yumib, 440 kishi jarohatlangani aytilgan edi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing