Turkiyadagi zilzilada o‘zbek futbolchilariga hech qanday zarar yetmadi
Sport
−
06 fevral 2023
6380Bugun, 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqida 7,4 (ba’zi manbalarda 7,9) magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Xabaringiz bor, ayni vaqtda ko‘pgina futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalari va klublar Turkiyada o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hozirda jamoalarning holati qandayligiga oydinlik kiritdi.
“O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ayni paytda Turkiyada yig‘in o‘tkazayotgan turli yoshdagi terma jamoalarimiz bilan doimiy muloqotda bo‘lib turibdi va zilzila oqibatida vakillarimizga zarar yetmaganligini ma’lum qiladi”, deyiladi O‘FA xabarida.
Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekistonda futbol mavsumi tanaffusga chiqqan. Odatda o‘zbek jamoalari qishda Turkiya va BAA davlatlarida mavsumoldi tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazadi.