Turkiyadagi zilzila oqibatida qurbonlar soni 912 nafarga yetdi

Olam

image

Bugun, 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida yuz bergan zilzila oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 912 nafarga yetdi, 5 385 nafar fuqaro tan jarohati oldi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi, deb xabar berdi “TRT Haber”.

“Davlatimiz zilziladan keyin barcha tegishli tashkilotlar bilan tezkor choralarni ko‘rdi. Barcha resurslar safarbar qilingan”, deya ta’kidladi Erdo‘g‘an.

Qayd etilishicha, zarar ko‘rgan viloyatlardagi hokimlarga yordam uchun yana 10 nafar hokim biriktirilgan. Qidiruv-qutqaruv ishlarini 9 ming nafar xodim olib bormoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 2 818 ta bino vayron bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bugun, 6 fevral kuni kuchli zilziladan aziyat chekkan Turkiyaga insonparvarlik yordami jo‘natadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing