Turkiyadagi zilzila kutilgan edi – olim (video)

Jamiyat

image

Joriy yilning 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida ikkita (mahalliy vaqt bilan 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila oqibatida 18 991 kishi qurbon bo‘ldi, 75 123 kishi jarohatlandi va bu raqamlar soat sayin o‘smoqda. 

O‘zbek olimi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining G‘.O‘.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti direktori o‘rinbosari, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor Vohidxon Ismoilovning QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qilishicha, Turkiyadagi zilzila uning sodir bo‘lish kunini prognoz qilish bilan bog‘liq emas, ushbu zilzila uzoq vaqt kutilgan. 

“O‘sha hududda G‘oziantep, Qahramonmarash va uning atrofidagi shaharlar ostidan juda katta yer yorig‘i o‘tgan. Bu juda katta yoriq Yer qa’rining bo‘lingani bo‘lib, “Sharqiy Anadolu yer yorig‘i” deyiladi. Ushbu yer yorig‘ining uzunligi 700 kmni tashkil qiladi. Uning bir uchida 1988 yilda sodir bo‘lgan katta talofatli zilzila Spitak zilzilasi joylashgan bo‘lsa, yoriqning bu uchida bugungi zilzilaning o‘choqlari yotibdi”, deydi olim.

Uning aytishicha, Turkiyadagi 1939 yilning 26 dekabrida sodir bo‘lgan eng katta hisoblangan Erzinjon zilzilasining ham o‘choqlari aynan o‘sha yoriqda joylashgan.

“Buni turk olimlari juda yaxshi bilishadi va mamlakatni hududlashtirishda shu hudud yorig‘i atrofidagi 300 km masofada, ba’zi joylarda 600 km masofada zilzila bo‘lish xavfi cho‘qqi tezlanishida 04J, ballik tizimda esa 9 ballik tizimda baho berilgan.

Agarda G‘oziantep va boshqa hududlarni qo‘shsak, 09J cho‘qqida yoki 10 ballga to‘g‘ri keladi. Demak, mazkur hududlarda 10 ballik zilzila sodir bo‘lishi kutilgan edi. Bu ehtimol mana 84 yil deganda endi namoyon bo‘ldi. “Sharqiy Anadolu yer yorig‘i” o‘choqlari yana ishladi”, deya qayd etdi Vohidxon Ismoilov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vohidxon Ismoilov O‘zbekistonning seysmik xavfi 50 yil ichida oshmasligini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing