Turkiyadagi zilzila qurbonlari 39 nafarga yetdi

Olam

image

Joriy yilning 24 dekabr kuni Turkiyaning Elyazig‘, Malatya va Diyorbakir viloyatlarida 6,8 balli zilzila qayd etilgan edi. Ayni vaqtda zilzila qurbonlari soni ortib bormoqda. Ayni vaqtda qurbonlar 39 nafarni tashkil etmoqda. 

103 kishining davolanishi davom etmoqda. 13 kishi og‘ir ahvolda. Bor-yo‘g‘i 45 kishi vayronalar ostidan sog‘-salomat qutqarib qolingan. 76 ta bino vayronaga aylandi. 645 ta bino xavfli holatda. 541 ta bino o‘rta va oz xavf ostida qolmoqda. 

Favqulodda vaziyatlar xizmati – AFAD zilzila yuz bergan hududda qutqaruv faoliyatini davom ettirmoqda. 

Butun mamlakat bo‘ylab Elyazig‘da uylari vayron bo‘lgan aholiga yordam aksiyaga e’lon qilindi. Xayriya mablag‘lari, kiyim-kechak, oziq-ovqatlar yig‘ilyapti. Uyidan ayrilgan va zilzila sabab uyiga kirishni istamayotganlarga yopiq sport maydonlariga joylashtirildi. Ular oziq-ovqat, issiq kiyim bilan taxminlandi. 

Shuningdek, aholini vaqtincha turar-joy bilan ta’minlash maqsadida poyezd vagonlaridan foydalanilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya zilzila

Baholaganlar

19

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing