Turkiyadagi dahshatli YTHda sakkiz kishi vafot etdi (video)

Olam

image

Kecha, 11 iyun kuni Turkiyaning Baliqesir viloyatida mikroavtobus va sut tashuvchi mashina to‘qnashdi. Oqibatida taxminan sakkiz kishi halok bo‘lgan, yana o‘n kishi jarohatlangan. Bu haqda TASS xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa mahalliy vaqt bilan 11:30 atrofida sodir bo‘lgan. Olti kishi voqea joyida, yana ikki kishi shifoxonada vafot etgan. Jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan.

Mikraavtobus ichida to‘ydan qaytayotgan mehmonlar bo‘lgan.

Xabarga ko‘ra, halok bo‘lganlar va yaradorlarning shaxsini aniqlash ishlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Turkiya

Baholaganlar

260

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing