Turkiyadagi yong‘inda halok bo‘lganlarning biri o‘zbekistonlik ekani ma’lum qilindi
Jamiyat
−
26 iyun 2019
3276Avvalroq, Turkiyaning Istanbul shahri Buyukchekmeje tumanidagi tekstil va plastik mahsulotlar ishlab chiqaruvchi fabrikada chiqqan yong‘inda 4 nafar xorij fuqarosi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
TIV Matbuot xizmatining xabar berishicha, 22 iyun kuni yuz bergan yong‘in oqibatida 1981 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi G‘ofur Tursunov halok bo‘lgan. Bu ma’lumotni O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasi tasdiqlagan.
Ma’lum bo‘lishicha, Turkiya huquqni muhofaza qilish organlari mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlarini boshlagan.
“Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va hozirgi vaqtda marhumning qarindoshlari bilan fuqaromiz jasadini dafn etish uchun O‘zbekistonga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy masalalar ustida ishlar olib bormoqda”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi