Turkiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
Jamiyat
−
10:56
6169Turkiyada istiqomat qiluvchi o‘zbekistonliklar mamlakatda soxta 50 dollarlik kupyuralar, ba’zan esa 100 dollarlik kupyuralar tarqalayotganidan ogohlantirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, o‘zbekistonliklar quyidagi masalalarda ogoh bo‘lishi kerak:
Dollarni faqat rasmiy banklar yoki litsenziyali valyuta ayirboshlash nuqtalarida qabul qilish:
Tekshiruv uskunalaridan foydalanish, ayniqsa, katta miqdordagi dollarni qabul qilishda:
Qo‘lma-qo‘l pul ayirboshlashdan saqlanish:
“Soxta kupyuralarni qabul qilish yoki tarqatish qasddan amalga oshirilsa, Turkiya qonunchiligida og‘ir jazo belgilangan. Agar shubhali kupyuralarga duch kelsangiz, zudlik bilan mahalliy politsiya yoki konsulxonaga murojaat qiling. Soxta pul tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatlarda ehtiyot bo‘ling va shubhali vaziyatlarda doimo tekshiruvga murojaat qiling”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq belgilangan miqdorlardan ortiq tamaki mahsulotlarini Turkiyaga olib kirishga uringan fuqarolarga nisbatan “kontrabanda” aybi qo‘yish holatlari ortib borayotgani, bunday holatlar fuqarolar uchun jiddiy huquqiy oqibatlarga sabab bo‘layotgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi
16:25