Turkiyadagi universitet shifoxonasida otishma bo‘ldi

Olam

image

Turkiyaning Denizli shahridagi universitet shifoxonasiga kiraverishdagi kafeteriyda otishma sodir bo‘ldi.  Bu haqda Turkiyaning NTV telekanali xabar berdi.

"Denizlida ikki kishi Pamukqal’a universiteti shifoxonasining tez yordam bo‘limiga kiraverishdagi kafeteriyda o‘t ochdi", deyiladi xabarda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yetti kishi jabrlangan, ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir. Voqea joyidan 15 dona bo‘sh patron topilgan.

“Voqea joyiga ko‘p sonli politsiya guruhlari yuborildi. O‘t ochganlar qochib ketdi”, deyiladi xabarda.

Denizli gubernatorligining bildirishicha, voqea yuzasidan keng ko‘lamli tergov boshlangan. Gumondorlarni qo‘lga olish harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni Turkiyaning Istanbul shahri Chag‘layan tumanidagi Adliya saroyi oldida otishma sodir bo‘lgandi. Oqibatda 6 kishi jarohatlangan, uch kishi, jumladan hujumni uyushtirishga uringan ikki kishi halok bo‘lgandi. 

Madina Otaboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Turkiya otishma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing