Turkiyadagi turnir finalida ikki o‘zbek taekvondochi to‘qnash keldi

Sport

image

Turkiyaning Anqara shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqa finalida ikki o‘zbekistonlik taekvondochi to‘qnash keldi. Bu haqda O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, joriy yilning 6-9 iyul kunlari Anqara shahrida taekvondo WT bo‘yicha 10-Turkiya ochiq chempionati bo‘lib o‘tgan. Musobaqada katta tarkibda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi jami 8 ta medal bilan yakunlagan. Ularning 5 tasi oltin, 1 tasi kumush va 2 tasi bronza. 

Musobaqaning -87 kilogramm vazn toifasida birinchi raqamli sportchi sifatida ko‘rsatilgan Nikita Rafalovich barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medalga ega chiqqan bo‘lsa, ayollar o‘rtasida -49 kilogrammli Madinabonu Mannopova oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, turnir doirasida odatda kam uchraydigan holat sodir bo‘ldi, ya’ni Turkiya ochiq chempionati finalida ikki o‘zbek sportchisi to‘qnash keldi. -74 kilogramm vazn toifasidagi Najmiddin Qosimxo‘jayev va Jasur Jaysunov finalga qadar yetib kelib, dayanga chiqdi va yakunda Jaysunov oltin, Qosimxo‘jayev esa kumush medal sovrindori bo‘ldi.

Kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarga -54 kilogramm vazndagi Omonjon Otajonov bronza medali bilan yakun yasadi. Musobaqaning o‘smirlar o‘rtasida tashkil etilgan bahslarida -49 kilogrammli taekvondochi Laylo Hasanova 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, kadetlar o‘rtasida Islom Akchurin va Azizbek Sattorov oltin medalni qo‘lga kiritdi.  

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi 2022 yilgi Turkiya ochiq chempionatini ikkita kumush hamda bitta bronza medali bilan yakunlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya oltin medal' taekvondo WT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing