Turkiyadagi saylovning dastlabki natijalari e’lon qilindi

Olam

image

Bugun, 28 may kuni Turkiyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovining 2-turining dastlabki natijalari e’lon qilindi. Bu haqda “TRT Haber” xabar berdi.

Aytilishicha, hozirga qadar umumiy saylov uchastkalaridagi 61 foiz saylov qutilari ochilgan. Unga ko‘ra, amaldagi Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an hozirda 55,2 foiz ovoz bilan oldinda bormoqda. Uning raqibi Qilichdoro‘g‘li to‘plagan ovozlar hozircha 44,7 foizni tashkil qiladi.  

Ma’lumot uchun, bugun, 28 may kuni keyingi 5 yil muddatda Turkiyani boshqaradigan kishini tanlash uchun butun mamlakat bo‘ylab 191 ming 885 ta saylov qutisi o‘rnatildi. Fuqorolar soat 8:00 dan ovoz berishni boshladi va soat 17:00da saylov tugadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing