Turkiyadagi oltin konida tuproq ko‘chdi. Bir necha ishchi yo‘qolgan (video)
Olam
−
14 fevral
6415Turkiyaning Erzinjon viloyatidagi oltin konida katta ko‘chki yuz berdi. Bu haqda “Sondakika” telekanali xabar berdi.
Turkiya Favqulodda vaziyatlar departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa mahalliy vaqt bilan soat 14:00 atrofida sodir bo‘lgan.
Mamlakat Ichki ishlar vazirligi rahbari Ali Yerliqoya NTV telekanaliga kondagi 667 ishchidan 9 nafari haqida hech qanday ma’lumot yo‘qligini aytgan. Ularni qidirishda 400 nafar qutqaruvchi ishtirok etmoqda.
"Odamlar yer ostida qolishi mumkin, ularning soni hali noma’lum", deya qo‘shimcha qilgan viloyat gubernatori Hamza Aydo‘g‘du.
Turkiya Adliya vazirligi rahbari Yilmaz Tunchning ta’kidlashicha, hodisa yuzasidan ma’muriy tergov boshlangan va uni to‘rt nafar prokuror olib bormoqda.
Katta ko‘chki sodir bo‘lgan “Chepler” koni Erzinjon viloyatining Ilich shahridan sakkiz kilometr uzoqlikda joylashgan. Kon Anagold Mining Industry and Trade tomonidan boshqariladi.
2022 yilda konda sianid chiqishi qayd etilgan, ammo avariya oqibatlari tezda bartaraf etildi.
Ko‘chki ortidan kompaniya bayonot berdi, unda bu fojiali hodisa oqibatlarini minimallashtirish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga va’da berilgan.
LiveBarchasi