Turkiyadagi konda portlash: 25 kishi halok bo‘ldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkiyaning Bartin viloyatidagi Amasra shahrida konda portlash yuz berdi. Oqibatda hozirgacha 25 nafar konchi halok bo‘ldi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vaziri Fahrettin Koja ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, 11 kishi shifokorlar nazoratida.

“Afsuski, Bartindagi qurbonlar soni 25 kishiga yetdi. 11 yarador davolanmoqda. Ulardan 1 nafarining ahvoli og‘ir, yaradorlardan 4 nafari reanimatsiyaga yotqizilgan. 6 nafar konchi tez yordam mashinasida Istanbul shahar shifoxonasining kuyish markaziga yetkazildi”, deydi Koja.

Voqea Amasra hududidagi ko‘mir konida 300 metr chuqurlikda sodir bo‘lgan.

Bartin gubernatori Nurtoj Arslan qutqaruvchilar 14 nafar konchini qutqarishga muvaffaq bo‘lganini, kamida 49 kishi hali ham yer ostida qolib ketayotganini ma’lum qildi.

Turkiyaning tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) ma’lumotlariga ko‘ra, portlash transformator nosozligi tufayli sodir bo‘lgan. Ammo keyinroq agentlik bu ma’lumotni rad etib, favqulodda holat sabablari hali aniqlanmagani haqida bayonot berdi.

Turkiya Ichki ishlar vazirligi va Energetika vazirligi rahbarlari Sulaymon Soylu va Fatih Do‘nmez Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an nomidan Amasraga yo‘l oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

84

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made