Turkiyada zilzila qurbonlari 100 ga yaqinlashdi. 9 kishi hibsga olindi

Olam

image

Bugun, 2 noyabr kuni Izmirda Turkiya g‘arbida yuz bergan zilzila vaqtida qulab tushgan binolar qurilishiga aloqador to‘qqiz kishi hibsga olindi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Ularni hibsga olishga Izmir prokuraturasi order bergan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Izmirdagi zilzila natijasida halok bo‘lganlar 91 nafarga yetdi, jarohatlanganlar 994 nafarga.

Eslatib o‘tamiz, Egey dengizidagi 6,7 balli zilzila eng ko‘p Izmirga talafot yetkazdi. Tabiiy ofatdan Gretsiyaning Samos oroli ham zarar ko‘rdi. Shuningdek, silkinish Afina va Istanbul shaharlarida ham sezildi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya zilzila

Baholaganlar

526

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing