Turkiyada janozasi o‘qilayotgan erkak tirildi
Olam
−
10 Oktabr
47367Turkiyaning Istanbul shahridagi masjidda 80 yoshli Halit Bayshuning janozasi davomida uning tirik ekani aniqlandi. Bu haqda NTV xabar berdi.
Nashrning yozishicha, janoza marosimiga tayyorgarlik ko‘rilayotganda erkak bo‘lgan tobutdan ovoz eshitilgan. Shundan so‘ng, janoza qatnashchilari shifokorlarni chaqirgan. Tobut ochilgach, ular keksa odamning pulsini aniqlagan.
“Men tobutning ustiga egildim va qandaydir tovushni eshitdim, shundan so‘ng tez yordam chaqirildi”, deydi Ayvansaray mahallasi raisi G‘olib Akchay.
O‘z vaqtida yetib kelgan shifokorlar Halit Bayshuga yurak massaji qilgan va uni shifoxonaga olib ketgan, ammo u keyinchalik hayotdan ko‘z yumgan.
Ma’lumot uchun, shunga o‘xshash holatlar avval ham kuzatilgan. Masalan, 2021 yilda Livanda janoza paytida “marhum”ning nafas olayotgani sezilgan. Shundan so‘ng, ochiq tobutda yotgan erkakning hali tirik ekanligini shifokorlar tasdiqlagan, ammo uning avval qanday qilib o‘lik deb topilgani izohlanmagan.
Shunday holatlardan biri Indoneziyada ham kuzatilgan. Unda 12 yoshli Siti ismli qiz janoza marosimiga tayyorgarlik ko‘rilayotgan paytda “tirilgan”. O‘smir qiz diabet va organlari zararlanishi tufayli shifoxonaga yotqizilgan bo‘lgan. U yerda qizning o‘limi qayd etilgan va uning jasadi oilasiga topshirilgan.
“To‘satdan uning ko‘zlari ochildi va yuragi yana ura boshlaganini payqadik”, deb eslaydi qizning otasi.
Uning oldiga yetib kelgan shifokorlar qizni nafas olishiga yordam berish uchun kislorodga ulagan, ammo bir soatdan keyin u vafot etgan.
Ehtimol, Siti “Lazar sindromi” deb nomlangan holat natijasida qayta hayotga kelgan bo‘lishi mumkin. Bu holat yurak yetishmovchiligidan o‘lim paytida yoki reanimatsiya urinishlaridan keyin taxminan o‘n daqiqa ichida sodir bo‘ladi. “Lazar sindromi” paytida yurak faoliyati tiklanadi, odamlar nafas oladi, yo‘taladi, ba’zida hatto harakatlar ham seziladi. Ammo, qayta tiklangan qon aylanishidan so‘ng, ba’zida odamlar qisqa muddat ichida yana vafot etadi.
LiveBarchasi