Turkiyada yirik o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)
Olam
−
16 iyul 2023
4657Turkiyaning Mug‘la viloyatidagi Milyas-Bodrum aeroporti yaqinidagi Akyol va Kemikler qishloqlari orasidagi o‘rmonda yirik yong‘in yuz berdi. Bu haqda mamlakat Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligining rasmiy saytida xabar berildi.
Yong‘inni Mug‘la viloyati o‘rmon xo‘jaligi hududiy boshqarmasi tarkibiga kiruvchi to‘qqiz vertolyot va shuncha samolyot o‘chirishda ishtirok etgan.
Yerda esa 300 dan ortiq kishi va 60 dan ortiq texnika yong‘inni o‘chirishga harakat qilgan.
Qayd etilishicha, yarim soat ichida yong‘in oqibatida 37 gektarga yaqin o‘rmon maydoni yonib ketgan.
Mug‘la gubernatori O‘rxon Tavlining aytishicha, bir necha tuman aholisi evakuatsiya qilingan.
Ma’lumot uchun, Bodrum Turkiyaning Egey dengizining janubiy qirg‘og‘ida, Mug‘la viloyatida joylashgan shahar. Shahar mamlakatning o‘ta janubi-g‘arbiy qismida joylashgan. Bodrum kurort sifatida butun dunyodan kelgan sayyohlar orasida mashhur.
LiveBarchasi