Turkiyada yirik “tozalash” boshlandi

Olam

image

Bugun, 12 fevral kuni Turkiyada 1112 kishini qo‘lga olish bo‘yicha yirik operatsiya boshlandi. Ular FETO terrorchilik guruhining a’zosi ekani taxmin qilinyapti. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Politsiya xodimlari o‘rtasidagi imtihon vaqtidagi firibgarlik bilan aloqador qo‘lga olish operatsiyasi Turkiyada hukumat askarlarning davlat to‘ntarishiga urinishidan ikki yarim yil o‘tganiga qaramay “tozalash” ishlari davom etayotganini ko‘rsatadi.

Seshanba kuni boshlangan amaliyot 2010 yilda o‘tkazilgan politsiyachilar o‘rtasidagi imtihon bilan bog‘liq. Ta’kidlanishicha, o‘shanda inspektor yordamchisi bo‘lishga harakat qilgan politsiya xodimlari orasida savollarni oldinroq olganlar ham bo‘lgan.

Operatsiya Anqara Bosh prokuraturasi tomonidan boshlangan bo‘lib, 76 ta viloyatda o‘tkaziladi. Bugungi amaliyotlar natijasida 124 nafar gumonlanuvchi hibsga olingan.

Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu yakshanba kuni Gulen tarafdorlari katta operatsiyaga tayyorlanayotganini ta’kidlagan.

Hukumat Gulenning terrorchilik tarmog‘i o‘n yillar davomida “parallel davlat” qurish uchun mamlakatning xavfsizlik, sud tizimi va vazirliklariga kirib borganini qayd etib keladi.

Ma’lumot uchun, 2016 yilning iyul oyida Turkiyada bir guruh harbiylar davlat to‘ntarishi o‘tkazishga uringan. Amalga oshmay qolgan to‘ntarish natijasida 250 dan ortiq kishi halok bo‘lgan. Hukumat bu to‘ntarishda Fathulloh Gulenni aybdor deb topgan.

1999 yildan beri AQSHning Pensilvaniya shtatida yashaydigan Gulenni ekstraditsiya qilish bo‘yicha Amerika hukumatiga yuborilgan so‘rovlar hozirgacha natija bermay keladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya FETO

Baholaganlar

115

Reyting

2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing