Turkiyada yana zilzila sodir bo‘ldi (video)

Olam

image

Bugun, 24 iyun kuni mahalliy vaqt bilan ertalab soat 07:09 da Turkiyaning Adana viloyatida 4,5 balli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi (AFAD) xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu yer silkinishi Adana viloyatining Saimbeyli tumanida sodir bo‘lgan va yaqin atrofdagi hududlarga ham sezilgan. Zilzila yer ostida 6,96 kilometr chuqurlikda yuzaga kelgani qayd etilgan.

Mamlakat Ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya zilziladan so‘ng, xalqqa murojaat yo‘llagan. 

“Adananing Saimbeyli tumanida 4,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Atrofdagi viloyatlarda ham sezilgan ushbu zilzila ortidan AFAD va boshqa tegishli muassasalarimiz joylarda ko‘rik ishlarini boshladi. Ayni paytda salbiy holat aniqlanmadi. Zilziladan ta’sirlangan barcha fuqarolarimizga o‘z hamdardligimni bildiraman. Alloh yurtimizni va xalqimizni tabiiy ofatlardan asrasin”, degan u.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 iyunga o‘tar kechasi Turkiyaning janubida  5,8 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi va oqibatda bir qiz halok bo‘lib, 69 kishi jarohat olgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya zilzila Ali Erliqoya AFAD

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing