Turkiyada yana yirik o‘rmon yong‘inlari boshlandi

Olam

image

Kecha, 21 iyun kuni Turkiya janubi-g‘arbidagi Mug‘la viloyatida yana o‘rmon yong‘ini boshlandi. Yong‘in noma’lum sabablarga ko‘ra Marmaris hududida sodir bo‘lgan.  

Marmaris shahar hokimi Mehmet Okay bugun, 22 iyun kuni Egey dengizi sohilidagi kurort hududidagi tabiiy yong‘in kun davomida nazorat ostiga olinishi mumkinligini aytdi. 

“Biz bugungi kun davomida yong‘inni nazoratga olamiz deb o‘ylaymiz”, deya shahar hokimining so‘zlaridan iqtibos keltirgan “Habertürk” telekanali. 

Marmaris'te orman yangını - Son Dakika Türkiye Haberleri | NTV Haber

Turkiyaning mashhur kurort hududidagi yong‘in dastlab 200 gektar maydonni egallagan. Bugun ertalab yong‘in 250 gektar maydonga tarqaldi, asosan endemik daraxtlar, o‘simliklar va qushlar uchun pitomnik hududida. O‘rmon borish qiyin bo‘lgan joylarda yonmoqda, shuning uchun yong‘inni o‘chirishda asosiy e’tibor aviatsiyaga qaratilgan. Ishga 20 ta vertolyot va 14 ta samolyot jalb qilingan. Hammasi bo‘lib, yong‘inni o‘chirishda 1,5 mingga yaqin odam va 400 ta texnika ishtirok etmoqda. Qurbonlar haqida ma’lumotlar hozircha olinmagan. 

Orman yangınları 7'nci gününde: Antalya ve Muğla'da yangınlar sürüyor

Sinoptiklar mintaqada kunduzi 25-30 km/soat tezlikda esishi kutilayotgan shamol tezligi tufayli vaziyat murakkablashishini istisno etmayapti, bu esa 30 daraja issiqda yong‘inning yangi hududlarga tarqalishiga olib kelishi mumkin. 

Turkiya prezidentining buyrug‘i bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi Vaxit Kirishchi va Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu yong‘in chiqqan hududda. Rasmiylar yong‘in sabablarining turli versiyalarini o‘rganmoqda. Birlamchi taxminlarga ko‘ra, yong‘in birdaniga uchta joyda sodir bo‘lgani, bu o‘t qo‘yish ehtimolidan darak berishi mumkinligi aytilgandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 28 iyul kuni Turkiyaning Antaliya, Mug‘la, Isparta, Bodrum va Denizli shaharlarida yirik o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya O'rmon yong'ini

Baholaganlar

35

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing