Turkiyada yana Isroil “quloqlari kesildi”
Olam
−
02 yanvar
18095Turkiyaning sakkiz viloyatida o‘tkazilgan xavfsizlik amaliyoti chog‘ida Isroil razvedka xizmatlarida ishlashda gumonlangan 33 kishi qo‘lga olindi. Bu haqda “TRT Haber” telekanali ma’lum qildi.
Turkiya Ichki ishlar vazirligi rahbari Ali Yerlikayaning aniqlik kiritishicha, bosh qarorgohi Istanbulda bo‘lgan huquq-tartibot idoralari xodimlari operatsiya doirasida 57 ta manzilni tekshirgan.
Hibsga olinganlarning asosiy qismi ba’zi chet elliklarni kuzatib, ularni o‘g‘irlashga tayyorgarlik ko‘rishgan. Ulardan 143 ming yevro va 23 ming dollardan ortiq pul, to‘pponcha, o‘q-dorilar va noqonuniy faoliyatini tasdiqlovchi ba’zi kompyuter fayllari topilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 25 noyabr kuni Turkiyada “Temir gumbaz”ni buzgan falastinlik xakerni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan Isroil josuslari ushlangan edi.
LiveBarchasi