Turkiyada vayronkor zilzila sodir bo‘ldi

Olam

Bugun, 30 oktyabr kuni Egey dengizidagi zilzila tufayli Turkiyaning g‘arbiy qismidagi Izmir viloyatidagi uylar vayron bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila kuchi 6,6 ball bo‘lgan. Bu haqda mahalliy hokimiyatga asoslanib NTV xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Izmirning Bayrakli tumanida o‘nta uy vayron bo‘lgan. Bornovaning Izmir tumanida ham vayronagarchiliklar mavjud.

Shuningdek, Izmirdan 100 km uzoqlikda joylashgan Kushadasi kurort shahridagi ba’zi binolarga zarar yetgani haqida ham xabarlar mavjud.

Hozirda halok bo‘lganlar va jarohat olganlar haqida aniq ma’lumot berilmagan. Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu kamida oltita bino vayron bo‘lgani haqida ma’lum qildi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, izmirliklar vayronalar ostidagi odamlarni qutqarishda ishtirok etmoqda. NTV’ning jonli efiri odamlar qanday qilib qutqaruvchilar bilan birgalikda shaharning turli qismlarida tirik qolganlarni topishga harakat qilayotganini namoyish etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya zilzila

Baholaganlar

435

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing