Turkiyada vahshiylarcha o‘ldirilgan o‘zbekistonlik ayol haqida rasmiy ma’lumot berildi

3-sahifa

image

Avvalroq Turkiyaning Dyuzje shahrida yashovchi 68 yoshli erkak o‘zining shar’iy nikohidagi o‘zbekistonlik ayolni vahshiylarcha o‘ldirgani haqida xabar berilgan edi. O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi mazkur holat bo‘yicha yuzaga kelgan anglashilmovchilik yuzasidan tushuntirish berdi.

Unga ko‘ra, haqiqatan ham Dyuzjeda O‘zbekiston fuqarosi o‘ldirilgan. Faqat vafot etgan fuqaroning ismi Barno emas Ra’nodir. Tarmoqlarda tarqatilgan fotosuratlar ham vafot etgan fuqaroga tegishli emas. 

“Marhuma – 1978 yil 30 iyulda tug‘ilgan Adilova Ra’no”, deyiladi konsulxona xabarida. 

Manbaga ko‘ra, hozirgi vaqtda jinoyat sodir etgan Turkiya fuqarosi A.G.ga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Turkiya o'zbekistonlik Dyuzje

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing