Turkiyada o‘zbekistonlik bankka bostirib kirdi
Olam
−
18 dekabr 2019 8737 1 daqiqa
Kecha, 17 dekabr kuni Turkiyaning Antaliya shahrida quroli va bombasi borligini aytgan erkak xususiy banklardan biriga bostirib kirdi. U bankning ayol xodimlarini chiqarib yuborib, erkak ishchilarni garovga olgan.
Tashqariga chiqqan ayollarning chaqirig‘i bilan voqea joyiga ko‘plab politsiya xodimlari yetib kelgan. Bankka kirgan politsiya xodimlari va bir bank qo‘riqchisi erkakni taslim bo‘lishga ko‘ndirilib, qo‘lga olgan.
Antaliya hokimiyati holat yuzasidan bergan bayonotida erkak 41 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ekanini ma’lum qilgan. Erkakning oldida to‘pponcha topilgan, ammo hech qanday bomba bo‘lmagan.

Kasbi doktor bo‘lgan o‘zbekistonlik bank tomonidan aldangani va bunga mas’ullarning diqqatini tortish uchun shunday qilishiga majbur bo‘lganini bildirgan
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025