Turkiyada o‘zbekistonlik ayolni burdalab tashlagan shaxsga umrbod qamoq jazosi so‘ralyapti

3-sahifa

image

Joriy yilning 23 mart kuni Istanbulning Bog‘chaliuylar tumanida yashagan o‘zbekistonlik 40 yashar Umida To‘laganova o‘zi bilan birga yashagan 61 yoshli Riza Beler tomonidan tosh bilan o‘ldirilgani hamda To‘laganovaning jasadini bo‘laklarga bo‘lib, muzlatgichga joylagani ma’lum bo‘lgandi. Mazkur voqeadan keyin hibsga olingan Riza Belerga nisbattan tergov ishlari boshlandi. Bu haqda “Hurriyet” xabar berdi.

Bu mudhish voqea joriy yilning 23 mart kuni ertalab soat 05:30 da 4 qavatli turar-joy binosining 3-qavatidagi xonadonda sodir bo‘lgan. Riza Beler uzoq vaqt birga yashagan Umida To‘laganovaga bankdan 17 ming turk lirasi (taqriban 891 AQSH dollari) kredit olganini aytgan. Ikkovi o‘rtasida kredit qarzi va oldingi qarzlar yuzasidan kelishmovchilik chiqqan. Janjaldan so‘ng Riza Beler To‘laganovani tosh bilan o‘ldirib, jasadini bo‘laklab tashlagan. Beler Umidaning kesilgan bo‘laklarini axlat qoplariga solib, muzlatgichga qo‘ygan.

Er-xotinning uyidan janjal ovozlarini eshitgan qo‘shnilar politsiyaga xabar bergan. Chaqiriq bo‘yicha uyga kelgan politsiya guruhlari o‘ldirilgan ayolning jasadini muzlatgichdan topib, gumondor Riza Belerni qo‘lga olgan. Holat bo‘yicha boshlangan tergov-surishtiruv jarayonida ma’lum bo‘lishicha, marhuma To‘laganova gumonlanuvchi Riza Beler bilan ancha vaqtdan beri kelisholmay yurgan. Shu sabab Beler ayolni o‘ldirishni rejalashtirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, To‘laganovani tosh bilan o‘ldirishni rejalashtirgan Beler, oldindan uyiga tosh yashirib qo‘ygan. U qo‘lga tushmaslik uchun ayolning jasadini bo‘laklarga bo‘lib, uni qoplarga solgan, vaqti-vaqti bilan ularni tashqariga uloqtirishni reja qilgan. Gumonlanuvchi politsiya bo‘limida ushbu jinoyatni sodir etganini tan olgan.

“Men uni o‘ldirish uchun taxminan 3 oy oldin uyga tosh olib kelib, balkonga yashirib qo‘ygan edim. O‘sha kungi suhbatimizdan keyin u borib yotdi. Men toshni olib, uning xonasiga bordim. Dastlab uning boshiga tosh bilan 5 marta urdim. U menga sevishini, bunday qilmasligimni iltimos qildi. Keyin uni bo‘g‘ib o‘ldirishga harakat qildim va bu jarayon 45 daqiqa davom etdi. Hamma joyga qon sachradi. Ramazon oyida uni o‘ldirib qo‘yganimdan afsusdaman”, deydi u.

Hozirda hibsga olingan Riza Belerga nisbatan tergov ishlari yakunlangan. Bakirko‘y Bosh prokuraturasi tomonidan tayyorlangan ayblov xulosasida ko‘ra, unga ayol kishini dahshatli qiynoqqa solib o‘ldirish jinoyatini sodir etgani uchun og‘irlashtirilgan umrbod qamoq jazosini berish talab qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya o'zbekistonlik ayol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing