Turkiyada o‘zbekistonlik ayollarni fohishalikka majburlagan guruh ushlandi
Jamiyat
−
19 yanvar 2021
15760Turkiyaning Izmir shahrida chet eldan kelgan ayollarni fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilgan olti nafar gumonlanuvchi qo‘lga olindi. Bu haqda “Haberlar” nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, politsiya shaharda ba’zi odamlar o‘zi xorijdan kelishiga yordam bergan ayrim chet ellik ayollarni fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilinayotgani haqida ma’lumot olgan.
Huquq-tartibot xodimlari so‘nggi 4 oy davomida gumonlanuvchilar izidan kuzatuv olib borgan. Ma’lum bo‘lishicha, jinsiy qullikda saqlangan ayollar Rossiya, Ukraina, O‘zbekiston va Qirg‘izistondan kelgan fuqarolar bo‘lib, ular kaltaklanib, bosim o‘tkazish orqali fohishalikka majburlangan.
Turli manzillar bo‘yicha olib borilgan tezkor operatsiyalar davomida 6 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Tadbir davomida qutqarilgan 8 nafar ayol o‘z Vatanlariga qaytish masalasini hal qilish uchun viloyat migratsiya idorasiga yuborilgan.
LiveBarchasi