Turkiyada o‘zbekistonlik ayol qidirilmoqda
3-sahifa
−
11 avgust 2023
43471O‘zbekiston Respublikasining Turkiyaning Istanbul shahridagi Bosh konsulligi o‘zbekistonlik Gulmira Ernazarova qidirilayotganini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, 1984 yil Jizzax viloyatida tavallud topgan Gulmira O‘tkirovna Ernazarova Yaqin qarindoshlarining murojaatiga ko‘ra qidirilmoqda. U Turkiyaga kelganidan so‘ng oila a’zolari bilan aloqasini yo‘qotgan.
“Ushbu vatandoshimiz to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga (0212) 323-20-37, (0212) 323-20-39 telefon raqamlari orqali xabar berishlarini so‘raymiz!” deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Gulmira Ernazarova avgust oyining o‘zida uydigilari tomonidan qidirilayotgan yettinchi o‘zbek.
“Turkiyadagi o‘zbeklar” Telegram-kanalining yozishicha, katta ehtimol bilan qidirilayotganlarning hammasi deportatsiya markazida bo‘lishi mumkin.
Ayni vaqtda Turkiyada noqonuniy muhojirlarni aniqlash va ularni deportatsiya qilish uchun reydlar davom etmoqda.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulligidan QALAMPIR.UZ’ga berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda Turkiyada 300 mingdan ortiq o‘zbekistonlik muhojirlar bo‘lib, ularning bor-yo‘g‘i 78 minggi mamlakatda qolish uchun rasmiy hujjatga ega.
LiveBarchasi