Turkiyada O‘zbekiston fuqarosi o‘ldirildi. Gumonlanuvchi ham o‘zbekistonlik
3-sahifa
−
16 dekabr 2020
12561O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 12 dekabr kuni Istanbulning Chatalja tumanida yuzaga kelgan o‘zaro janjal oqibatida O‘zbekiston fuqarosi, 1986 yilda tug‘ilgan X.X. jarohat olib, vafot etgan. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Ushbu jinoyatni sodir qilishda gumonlanib, 1993 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi D.X. qo‘lga olingan va holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.
Ma’lum qilinishicha, Bosh konsulxona ushbu holatni nazoratga olgan, marhumning qarindoshlariga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatmoqda va huquqni muhofaza qilish idoralari bilan aloqada bo‘lib turibdi. Marhumning jasadini bugun, 16 dekabr kuni Vatanga yuborish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Istanbul shahrida tilanchilik qilgan yigitga ishlash kerakligini aytgan 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Burhonjon Ochilov pichoqlab o‘ldirilgandi.
LiveBarchasi