Turkiyada o‘zbek maktabi qurilishiga start berildi (video)

Olam

image

Kecha, 29 yanvar kuni Anqara shahriga rasmiy tashrif doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Istanbulning Bakirko‘y tumanida o‘zbek maktabi qurilishini boshlab berdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur dargoh O‘zbekistonning xorijdagi birinchi ta’lim muassasasi bo‘ladi.

Yangi o‘quv maskani Turkiyada yashovchi o‘zbek oilalarining farzandlariga o‘z ona tilida ta’lim olishi bilan birga milliy qadriyatlar, madaniyat va an’analarni saqlab qolish imkonini beradi.

Tomonlar ushbu maktab ikki qardosh xalq o‘rtasidagi rishtalar yanada mustahkam bo‘lishiga xizmat qilishi, yosh avlod uchun muhim ta’lim va tarbiya markaziga aylanishiga ishonch bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 29 fevral kuni Anqara shahriga rasmiy tashrif doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Hatay viloyatida O‘zbekiston tomonidan barpo etilgan  “O‘zbekiston” turarjoy majmuasining ochilish marosimida ishtirok etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing