Turkiyada o‘rmon yong‘inlarining katta qismi bartaraf qilindi

Olam

image

Turkiya o‘t o‘chiruvchilari mamlakatda davom etayotgan 85 ta o‘rmon yong‘inlarining 74 tasini o‘chirishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqda “Anadolu” agentligi Turkiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Bekir Pakdemirliga tayanib xabar berdi.

“Qahramonlar katta shijoat bilan havodan va yerdan olovni o‘chiradilar. Biz sizning qo‘llab-quvvatlashingiz uchun minnatdormiz. 2021 yil 28-30 iyul kunlari 85 o‘rmon yong‘inining 74 tasi nazorat ostiga olindi”, degan vazir.

Vazir taqdim etgan jadvalga ko‘ra, hozirda Adana, Antaliya, Mersin, Mug‘la va Osmaniya viloyatlarida yong‘inlar davom etmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 29 iyul kuni Antaliyadagi 18 ta qishloq va tuman aholisi evakuatsiya qilingan. Yong‘in qurbonlari soni 4 kishiga yetgan, 183 kishi jarohatlanib, 58 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Yong‘in oqibatida 100 dan ortiq xususiy uylar va inshootlar zarar ko‘rgan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Turkiya

Baholaganlar

56

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing