Turkiyada o‘rmon yong‘inlari davom etyapti. Ukraina mamlakatga samolyot yubormoqchi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukraina Turkiyani qamrab olgan o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish uchun mamlakatga ikkita samolyot yuboradi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.  

“Ukraina Turkiyaga barcha kerakli yordamlarni beradi. O‘t o‘chirish samolyotlarimiz 30 iyul kuni Turkiyaga uchib ketadi. Ukraina xalqi bunday qiyin paytda do‘st turk xalqi bilan birga bo‘ladi”, deb yozgan davlat rahbari. 

Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning g‘arbiy va janubiy sohillarida 28 iyuldan beri o‘rmonlar yonmoqda. Olov Antaliyaning mashhur turistik hududiga ham yetib borgan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in mintaqadagi kuchli jazirama tufayli kelib chiqqan. Antaliya ma’muriyati bu so‘nggi yillardagi eng kuchli yong‘in bo‘lganini ta’kidlamoqda. 

Yong‘in qurbonlari soni 4 kishiga yetgan, 183 kishi jarohatlangan. 58 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Yong‘in oqibatida 100 dan ortiq xususiy uylar va inshootlar zarar ko‘rgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Ukraina

Baholaganlar

113

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing