Turkiyada universitetlar yozgacha yopilyapti
Olam
−
11 fevral 2023 8603 1 daqiqa
Turkiyada zilzila sababli davlat oliy ta’lim muassasalari masofaviy ta’limga o‘tadi. Bu haqda “Habarturk” nashri ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 11 fevral kuni davlatga tegishli universitet yotoqxonalari zilzilada jabr ko‘rganlar uchun turar joyga aylantirilishini ma’lum qilgan. Shuning bois joriy yozgacha oliy ta’lim muassasalarida ta’lim onlayn shaklda davom ettiriladi.
“Universitetlar masofaviy ta’limga o‘tadi, yotoqxonalar mehmonxonaga aylanadi. Bu ishlar uchun davlatga tegishli barcha universitetlarimiz yotoqxonalaridan foydalanamiz. Universitetlarda yozgacha masofaviy ta’lim davom etadi”, degan Erdo‘g‘an.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida 7,7 (dastlabki ma’lumotlarda 7,4) magnitudali zilzila yuz berdi. Yer silkinishlari, keyin 300 ga yaqin yerosti silkinishlari mamlakatning 10 viloyatida, shuningdek, qo‘shni davlatlarda ham sezilgan. Ulardan Suriya eng ko‘p jabr ko‘rgan.
Shundan so‘ng Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an yetti kunlik motam e’lon qildi.
Alibek Beyjanov
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr