Turkiyada o‘quvchilar to‘la avtobus ag‘darilib ketdi

Olam

image

Turkiyaning Bursa shahrida o‘quvchilarni olib ketayotgan sayohat avtobusi ag‘darilib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo‘lib, 44 kishi yaralandi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, Chanoqqal’a hududidan Anqaraga ketayotgan turizm kompaniyasiga tegishli sayyohlik avtobusi Inegol tumanidagi Shahidlar manzilida to‘siqqa borib urilgan.

Hodisa oqibatida haydovchi va ikki nafar o‘quvchi halok bo‘lgan. Shuningdek 44 kishi turli darajada tan jarohati olgan. Tez yordam mashinalarida shifoxonalarga yetkazilgan jarohatlanganlarning aksariyati ambulator sharoitda davolangani ma’lum bo‘ldi.

Bursa gubernatori Yakub Jonpo‘lat halokat joyida tekshiruv olib borgan. Uning aytishicha, Anqaraning Etimesgut tumanidagi o‘rta maktab o‘quvchilari bo‘lgan 6 ta avtobus Chanoqqal’adagi diqqatga sazovor joylarni ko‘rish maqsadida olib ketilayotgan bo‘lgan.

“Kasalxonaga yotqizilgan bolalarimizning umumiy ahvoli yaxshi. Bir-ikki nafar o‘quvchining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. Biz zarur choralarni ko‘ryapmiz. Farzandlari vafot etgan oilalarga va haydovchining oilasiga hamdardlik bildiraman”, deydi Jonpo‘lat.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya avtobus Bursa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing