Turkiyada turistlarga uyni ijaraga berish bo‘yicha yangi talablar kuchga kirdi
Olam
−
02 noyabr 2023
5171Turkiya hukumati sayyohlarga 100 kungacha uy-joy ijarasi qoidalarini kuchaytirdi. Tegishli qonun hukumatning rasmiy gazetasida e’lon qilindi.
Endi turar joyni sayyohlarga 100 kungacha ijaraga berish uchun mulk egasi Madaniyat va turizm vazirligidan ruxsat olishi kerak Bunday litsenziyalar pullik bo‘ladi va tegishli viloyatlar hokimi idoralari orqali beriladi. 100 kundan ortiq ijaraga olingan uy-joy ushbu qonunga bo‘ysunmaydi.
Turistik maqsadlarda ijaraga beriladigan kvartiralarga ega binolarga tegishli belgilar bilan mulkni ijaraga berishga yaroqli deb ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlar osib qo‘yiladi. Bundan tashqari, agar gap ko‘p qavatli uy haqida ketayotgan bo‘lsa, unda uy egasi bunday faoliyatni amalga oshirish uchun barcha aholining bir ovozdan rasmiy roziligini olishi kerak.
Qonun buzilishlar uchun katta miqdorda jarimalar kiritadi. Qonunbuzarlik birinchi marta aniqlanganda, egasi qoidabuzarlik bilan ijaraga berilgan har bir mulk uchun 100 ming lira (taxminan 3,5 ming dollar) miqdorida jarima to‘lashi, shuningdek, 15 kun ichida mulkni ijaraga berishni davom ettirish uchun ruxsat olishi kerak bo‘ladi. Agar u ushbu shartlarni bajarmasa va faoliyatini davom ettirsa, yana 500 ming lira (taxminan 18 ming dollar) miqdorida jarimaga tortiladi va litsenziya olish uchun yana 15 kun beriladi. Agar uchinchi marta talablar bajarilmasa, turistga ijaraga berilgan har bir xonadon yoki uy uchun jarima miqdori 1 million liraga (taxminan 36 ming dollar) oshadi.
Shuningdek, qonun ko‘chmas mulkni ijaraga berishni reklama qiluvchi elektron tijorat platformalaridan egalari Madaniyat vazirligidan litsenziya olmagan uylar va xonadonlar haqidagi e’lonlarni olib tashlash va joylashtirmaslikni talab qiladi. Bunday savdo maydonchalariga nisbatan har bir reklama qonunbuzarligi uchun 3,5 ming dollar miqdorida jarima ham nazarda tutilgan.
LiveBarchasi