Turkiyada terrorchilikda ayblanib qo‘lga olinganlar 900 kishidan oshdi

Olam

image

Turkiya xavfsizlik kuchlari keng ko‘lamli operatsiya doirasida 900 dan ortiq kishini terrorizmga aloqadorlikda gumon qilib qo‘lga oldi. “Qahramonlar” operatsiyasi boshlanishi haqida avvalroq respublika Ichki ishlar vazirligi rahbari Ali Yerliqoya ma’lum qilgan edi. 

“64 viloyatda o‘tkazilayotgan “Qahramonlar” operatsiyasi doirasida 928 kishi qo‘lga olindi, 744 dona ro‘yxatdan o‘tmagan qurol-yarog‘ musodara qilindi”, deyiladi vazir bayonotida. 

Ayni vaqtda, mahalliy OAVning xabar berishicha, so‘nggi 24 soat ichida respublikada taqiqlangan Kurdiston Ishchilar partiyasiga (KIP) aloqadorlikda gumon qilingan 110 dan ortiq gumonlanuvchi allaqachon hibsga olingan. 

Operatsiyalar Anqaradagi Turkiya Ichki ishlar vazirligi binosi yaqinida sodir etilgan teraktdan so‘ng amalga oshirilmoqda, buning uchun javobgarlikni KIP o‘z zimmasiga oldi. 1 oktyabr kuni ikki terrorchi bino darvozasi oldiga borgan, ulardan biri xavfsizlik punktida portlovchi moddani ishga tushirgan. Otishma yuz bergan, oqibatda ikkinchi terrorchi zararsizlantirilgan. Ikki politsiyachi yengil jarohat olgan. Ichki ishlar vazirligi hujumchilardan birining KIP a’zosi ekanligini aniqlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing