Turkiyada terakt: politsiya idorasiga hujum uyushtirildi (video)
Olam
−
27 Sentabr 2022
12581Turkiyaning Mersin shahrida politsiya binosiga qurolli hujum uyushtirildi, bir kishi halok bo‘ldi, rasmiylar voqeani terakt sifatida baholadi. Bu haqda “A Haber” telekanali xabar berdi.
“Taxminan soat 23:00 Mersin shahrining Mezitli tumanida noma’lum shaxslar politsiya bo‘limiga qurolli hujum uyushtirdi”, deya qo‘shimcha qildi telekanal.
OAV xabariga ko‘ra, uch kishi politsiya xodimi sifatida bo‘linmaga kirmoqchi bo‘lgan. Huquqni muhofaza qilish xodimlari ularni ushlashga uringanda, otishma boshlangan. Hujumchilardan biri, xudkush-terrorchi ayol, ichida qo‘lbola portlovchi moslama bo‘lgan mashinada politsiya idorasiga kirishga uringan. Politsiya xodimlari uni to‘xtatishga uringanida bomba masofadan portlatib yuborilgan. Qolgan ikki hujum qilgan shaxsdan biri ushlangan, ikkinchisi qidirilmoqda.
Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu terakt oqibatida bir politsiyachi halok bo‘lganini, yana bir huquq-tartibot xodimi og‘ir yaralanganini ma’lum qildi.
“Buning ortida qaysi terrorchilik tashkiloti turgani ma’lum bo‘ldi”, deya vazirning so‘zlaridan iqtibos keltirgan “Anadolu” agentligi.