Turkiyada shifoxonadagi portlashda 8 kishi vafot etdi
Olam
−
19 dekabr 2020
5063Turkiyaning janubidagi Gaziantep shahrida joylashgan shifoxonada kislorod apparatining portlashi oqibatida kamida sakkiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda bugun, 19 dekabr kuni “Anadolu” xabar bermoqda.
Nashrga ko‘ra, portlash Gaziantep universiteti kasalxonasida koronavirus bilan kasallangan bemorlarni jonlantirish bo‘limida sodir bo‘lgan. Portlash oqibatida jabrlanganlarning shaxsi haqida ma’lumot berilmagan.
Lekin, katta ehtimol bilan ularning barchasi koronavirusdan davolanayotgan bemorlar bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Xabarga ko‘ra, intensiv terapiyada davolanayotgan boshqa 14 nafar boshqa kasalxonalarga o‘tkazilgan. Ushbu masala bo‘yicha sud va ma’muriy tergov ishlari boshlangan.
LiveBarchasi